Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik stipendiatlar Fransiyada tahsil oladi

O‘zbekistonlik stipendiatlar Fransiyada tahsil oladi

Foto: «Xabar.uz»

«El-yurt umidi» jamg‘armasida Fransiya neft insitituti (Institut Français du pétrole) vakillari Kristina Travers va Maria Aguilera bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Xabar.uz»ga jamg‘arma matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tomonlar hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, xususan Fransiyaga akademik tashriflarni tashkil etish masalalarini muhokama qilishdi.

Jamg‘arma direktori Adham Bekmurodov so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Fransiya ta’lim va fan sohasidagi hamkorligi sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, Fransiya universitetlari bilan ta’lim sohasida uzoq muddatli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, jumladan IFP Schoolda magistratura, doktorantura va stajirovka dasturlari bo‘yicha jamg‘arma stipendiatlarini o‘qitish, malakasini oshirish tomonlar uchun ham muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha Memorandum imzolandi.

Ma’lumot uchun, Fransiya neft insitituti (IFP) 1954-yilda tashkil etilgan. Neft va energiya sohasida ilg‘or mutaxassislarni tayyorlab keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring