O‘zbekistonlik sportchilar Tokioga 500 ta idishda osh olib borgani ma’lum bo‘ldi
Tokiodagi Olimpiadaga O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari yarim tayyor shaklda qadoqlangan osh va non olib borishgan. Bu haqda TASS xabar berdi.
«Samarqandcha va an’anaviy turdagi osh olib keldik. Jami 500 idishda. Shuningdek, taxminan 200 tacha non va mol go‘shti ham olib keldik. Olimpiada qishlog‘idagi boshqa sportchilar bilan ham bo‘lishyapmiz, masalan yaqinda rossiyalik sportchilarga bir nechta non berdik», – deydi O‘zbekiston delegatsiyasi vakili.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston delegatsiyasi Tokioga 71 nafar sportchi bilan borgan. Hozircha bittadan oltin va bronza medali qo‘lga kiritilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter