Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik taniqli rejissyor otasi koronavirusdan vafot etganini ma’lum qildi

O‘zbekistonlik taniqli rejissyor otasi koronavirusdan vafot etganini ma’lum qildi

Sarvar Karimovning tvitter sahifasidan olindi

O‘zbekistonlik taniqli yosh rejissyor Sarvar Karimov otasi uyida bir hafta davolanib, koronavirusdan vafot etganini ma’lum qildi.

«Bugun dadam qazo qildilar. Koronavirusdan. Lekin tashhis qo‘yilmadi. Bir hafta uyda davoladik. 103 ga telefon qilsak, bemorning isitmasi bo‘lsa, kelolmaymiz deyishdi. Ularni ham tushunaman, na dorisi bor, na himoya vositasi. Rasmiy statistikaga ishonmang, o‘zingiz va yaqinlaringizni asrang.

Ishonmang, rasmiylarning barcha gapi yolg‘on. Ishonch raqamlariga telefon qilib tushib bo‘lmaydi, tushsangiz ham boshqa raqamni berib yuboradi. Biz dadamizga bir hafta tez yordam chaqirolmadik. Axiri o‘pkalariga o‘tib ketib, jonlari uzildi. 63 yoshda edilar. 10 kun avval soppa-sog‘ edilar.

Bu gaplarni yozishimdan maqsad – davlat yordamidan umidingizni uzing. Ko‘chaga chiqmang, ayniqsa, kattalarni ehtiyot qiling. Hozir butun oilamiz COVID-19 ga chalinganmiz (rasmiy). O‘zimizni o‘zimiz davolayapmiz, chunki boshqa iloj yo‘q. Duo qilinglar, tuzalib ketaylik. Alloh shifo bersin hammamizga» – deb yozdi Sarvar Karimov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring