Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro kimyo olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritishdi

O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro kimyo olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritishdi

Xitoy davlatida masofaviy tarzda o‘tkazilgan 54-Xalqaro kimyo olimpiadasi o‘z nihoyasiga yetdi. Dunyoning 80 ta davlatidan 320  nafar o‘quvchi ishtirok etgan mazkur nufuzli olimpiadada o‘zbekistonlik o‘quvchilar 4 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Xalqaro olimpiadaning yopilish marosimi masofaviy tarzda Youtube platformasida bo‘lib o‘tdi.

G‘oliblar bilan tanishing:

  • Maftuna Badalova – Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi;
  • Azimjon Jamolov – Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi;
  • Ikromiddin Boymahammadov – Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi;
  • Sherzod Shaymatov – Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi 11-AFChO‘IMning 11-sinf o‘quvchisi.

Kumush medalni qo‘lga kiritgan g‘olib o‘quvchilarga 90 mln. so‘m, o‘qituvchilariga – 75 mln. so‘mdan pul mukofotlari topshiriladi.

Medal sohiblari oliy ta’lim muassasasiga test sinovlarisiz, davlat granti asosida qabul qilinadi.

Avvalroq Qorako‘l Xalqaro matematika maktabi o‘quvchisi Lazizbek Rajabboyev Xalqaro matematika olimpiadasida, Toshkent pediatriya instituti akademik litseyi o‘quvchisi Aziza Abduvaliyeva esa 33-Xalqaro biologiya olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritishgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring