Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik migrantlar ish haqini undirib berishni so‘rab murojaat qildi

O‘zbekistonlik migrantlar ish haqini undirib berishni so‘rab murojaat qildi

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Rossiya Federatsiyasining «Stroyservis» va «Koch Konstrakshn» korxonalarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 152 nafar o‘zbekistonlik mehnat migrantlari oylik ish haqini undirib berishni so‘rab Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilgan.

Vakolatxona xodimlari tomonidan yurtdoshlarimizga huquqiy yordam berish maqsadida ular yashab turgan xostelga borilib, yuzaga kelgan muammo o‘rganildi. Muammoni hal etish maqsadida Rossiya Federatsiyasi Prokuraturasi, Tergov qo‘mitasi va politsiya xodimlariga murojaat qilindi.

Rossiya huquq tartibot idoralari hamkorligida fuqarolarning bir oylik maoshlari, ya’ni 5 million rubl undirib berildi.

Ta’kidlanishicha, ayni paytda mazkur ish beruvchilarga nisbatan jinoyat ishi ochilgan va Tergov qo‘mitasi tomonidan jinoyat ishi ko‘rib chiqilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring