O‘zbekistonlik erkin kurashchi jahon chempioni bo‘ldi
O‘zbekistonlik erkin kurashchi Ulug‘bek Rashidov (-48 kg) Amman shahrida o‘tayotgan U17 yosh toifasidagi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Barcha bellashuvlarda yaqqol ustunlik bilan raqiblarini mag‘lub etgan Rashidov finalda eronlik Amirabbos Alizodani muddatidan avval taslim qildi.
Shuningdek, bugun kun davomida kurashgan yana ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi ertaga bronza medali uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.
O‘tish bosqichi:
-51 kg: Ozodbek Alijonov - Ashot Gyulnazaryan (Armaniston)
-92 kg: Asadbek Erkinjonov - Maykljit Singh (Kanada)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter