Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erkin kurash bo‘yicha uch karra olimpiya chempioni 49 yoshida vafot etdi

Erkin kurash bo‘yicha uch karra olimpiya chempioni 49 yoshida vafot etdi

Foto: TASS

Erkin kurash bo‘yicha uch karra olimpiya chempioni hamda RF davlat dumasining dog‘istonlik deputati Buvaysar Saytiyev 49 yoshida vafot etdi.

Saytiyevning o‘limiga uning yuragi to‘xtab qolgani sabab bo‘lishi mumkin, bu haqda Baza telegram-kanali xabar berdi.

Buvaysar Saytiyev — erkin kurash tarixidagi eng sovrindor sportchilardan biri edi. 74 kilogrammgacha vazn toifasida kurashgan atlet hisobida 1996, 2004 va 2008-yilgi olimpiadalar oltin medallari bor. Shuningdek, u jahon va Yevropa chempionatlarida olti martadan g‘olib bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring