Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik dzyudochilar Osiyo chempionatining yakkalik bahslarini yakunlashdi — natijalar

O‘zbekistonlik dzyudochilar Osiyo chempionatining yakkalik bahslarini yakunlashdi — natijalar

olympic.uz

O‘zbekistonlik dzyudochilar Osiyo chempionatining yakkalik bahslarida ikkinchi bo‘lishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Tailandda dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetib bormoqda. Kecha og‘ir vazn toifalarida g‘oliblar aniqlandi.

Qayd etilishicha, -90 kg vazndagi bellashuvlarning finaliga ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi yetib bordi.

“Shahzodxo‘ja Sharipov va Nurbek Murtazoyev o‘rtasidagi bahs Sharipovning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shuningdek, Marjona Ko‘chimova -78 kg ham shohsupadan joy oldi”, — deyiladi xabarda.

olympic.uz
 
G‘oliblar:
 
Oltin medal: -90 kg: Shahzodxo‘ja Sharipov
 
Kumush medal: -90 kg: Nurbek Murtazoyev
 
Bronza medal: -78 kg: Marjona Ko‘chimova
 
Shu tariqa, dzyudochilar yakkalik bahslarida 2 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 7 ta medal bilan umumjamoa hisobida Yaponiyadan keyin ikkinchi o‘rinni egallashdi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring