Auksionda 1,6 mlrd so‘mlik «chiroyli» avtoraqam sotildi

Avtoraqamlar onlayn auksionida O‘zbekistonda 10 777 ZZZ rusumli davlat raqami rekord darajada sotildi. Xaridor ushbu «chiroyli» avtomobil raqami uchun 1 mlrd 560 mln so‘m (122,2 ming dollar) taklif qilgan. Bu ushbu lotning boshlang‘ich bahosi – 187,5 million so‘mdan 8,3 baravar yuqori.
Bitimni yakunlash uchun xaridor besh ish kuni ichida to‘lovni amalga oshirishi va davlat raqamini Yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasida ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak.
Mazkur avtoraqam bo‘yicha bo‘lib o‘tgan auksionda komissiya to‘lovi 78,2 mln so‘mni, kafolat garovi esa 18,75 mln so‘mni tashkil etgan. Shuni hisobga olgan holda raqamning yakuniy qiymati 1 mlrd 657 mln so‘m deyish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter