O‘zbekistonlik 10 nafar ayol «Markaziy Osiyo hunarmand ayollari» kitobiga kiritildi
«Markaziy Osiyo hunarmand ayollari: A Lookbook Journey» raqamli va bosma nashrni rasman ishga tushirmoqda, deb xabar bermoqda USAID. Katolog Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan 50 nafar markaziy osiyolik hunarmand ayollar tomonidan ishlab chiqarilgan ajoyib buyumlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu kitob orqali ayollar o‘zlarining hunarmandchiligini dunyoga tanitadilar va biznesi uchun yangi tijorat imkoniyatlarini ochadi, deyiladi maqolada.
O‘zbekistonlik 10 nafar hunarmand ayollar ham USAIDning ushbu «Markaziy Osiyoning ayol hunarmandlari» katologidan joy olgan.
«Lookbook» USAIDning Markaziy Osiyo savdo bo‘yicha faoliyati, Smitson instituti va AQSh Savdo vazirligining «Tijorat qonunchiligini rivojlantirish dasturi» bo‘lib, Qozog‘iston hunarmandlar uyushmasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Ushbu loyiha Markaziy Osiyoda gender tafovutni kamaytirish, shu bilan birga iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, madaniy merosni asrab-avaylash va ayollar, qizlarning huquqlarini kengaytirishga hissa qo‘shishi shubhasiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter