Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga tijorat uchun kelgan xorijliklar soni 1 oyda 60 mingdan oshgan

O‘zbekistonga tijorat uchun kelgan xorijliklar soni 1 oyda 60 mingdan oshgan

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida jami  61,1 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga joriy yilning 11 oyida tijorat maqsadida eng ko‘p – Turkmaniston (39 342 nafar), Tojikiston (13 474 nafar), Turkiya (947 nafar), Xitoy (916 nafar) va Janubiy Koreya (563 nafar) davlatlari fuqarolari kelgan.  

Shuningdek, boshqa davlatlardan 5 824 nafar fuqarolar tashrif  buyurgan. 

Ma’lumot uchun, 2023-yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonga jami 5,5 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring