O‘zbekistonga sovuq havo kirib kelyapti
«O‘zgidromet» xabar berishicha, 3-4 may kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massasi kirib keladi.
3-4 mayda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Shuningdek, 4 mayda Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 3 mayda ba’zi joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.
Kunduzgi havo harorati 22-25o gacha pasayadi. 3-5 may kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter