Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga nam va salqin havo oqimi kirib keladi

O‘zbekistonga nam va salqin havo oqimi kirib keladi

Foto: Xabar.uz

Bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kechga tomon Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kunduzi 26-31 darajani tashkil etadi, janubda ba’zi joylarda 33 darajagacha bo‘ladi.

Dam olish kunlari respublika hududiga Kaspiy dengizi janubidan nam va nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Hududning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat markaziy va sharqiy hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda kuchli bo‘lishi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin.

6-oktyabrda respublikaning ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlariga tuman tushishi mumkin.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, respublika bo‘yicha 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Havo harorati kechalari 5-oktyabrda 12-17 darajani, 6-oktyabrda 10-15 darajani tashkil etadi, kunduz kunlari 20-25 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

Poytaxtimizda: 4-oktyabrda kechqurun biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 11-13 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-30 daraja bo‘ladi.

5-6-oktyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati 5-oktyabrda kechasi 15-17 daraja, kunduzi 22-24 daraja, 6 oktyabrda kechasi 12-14 daraja, kunduzi 20-22 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring