O‘zbekistonga italiyaliklarning kelishi ko‘paydi

O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-aprel oylarida Italiyaning 11,1 ming nafar fuqarosi turistik maqsadlarda keldi, deyiladi Milliy statistika qo‘mitasi bergan ma’lumotda.
Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 ming nafarga yoki 11,3 foizga oshgan.
Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga kelgan Italiya fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:
- sayyohlik — 10 471 nafar;
- qarindoshlarni yo‘qlash — 385 nafar;
- xizmat yuzasidan — 247 nafar;
- o‘qish — 34 nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter