O‘zbekistonga importi rejalashtirilgan rus neftining dastlabki partiyasi yo‘lga chiqdi
Qozog‘istonning «KazTransOyl» kompaniyasi 25 ming tonna Rossiya neftini Qozog‘iston hududi orqali tranzit uchun O‘zbekistonga «Omsk-Pavlodar-Chimkent-Shag‘ir neft ortish estakadasi» (temir yo‘l sisternalariga yuklash) yo‘nalishi bo‘yicha jo‘natishni boshladi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati ma’lum qilgan.
Ta’kidlanishicha, neftni tashish Qozog‘iston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlangan neft yetkazib berish jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
2022-yilning dekabrida «KazTransOyl» kompaniyasi Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga tranzit uchun Rossiyadan ishlab chiqarilgan neftni tashish xizmati uchun yangi tarifni tasdiqlagan va unga ko‘ra, 2023-yil 1-fevraldan kuchga kirgan narx mahsulotning bir tonnasi uchun 27,9 dollar (QQSsiz) etib belgilangan edi. Bungacha 25,12 dollar bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, 2023-yilda «KazTransOyl» AJ magistral neft quvurlari tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasiga Rossiya nefti tranzitining kutilayotgan hajmi 250 ming tonnani tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter