Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga giyohvandlik vositalarini olib kirish 9 baravarga oshgan

O‘zbekistonga giyohvandlik vositalarini olib kirish 9 baravarga oshgan

Foto: «Xabar.uz»

Giyohvandlik vositalarini respublikamiz hududiga olib kirishga urinish 9 baravarga oshgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati boshlig‘i v.b. Husan Tangriyev ma’lum qildi. 

Bojxonachilar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9 baravar ko‘p, ya’ni 503,6 kg giyohvandlik vositalari ushlab qolindi. Shuningdek, 101 ming dona kuchli ta’sir etuvchi va 1,6 ming dona psixotrop moddalar to‘xtatib qolingan.

Shuningdek, 1 mln dollarga teng naqd xorijiy valyuta to‘xtatib qolingan bo‘lib, bu ko‘rsatkich ham o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10 barobarga ortgan.

Birinchi chorakda bojxona xodimlari tomonidan qiymati 5,2 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari, 170 ming quti tamaki mahsulotlari va 490 dona madaniy boyliklarning noqonuniy aylanuvi oldi olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring