Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga davolanish uchun kelganlar soni 2,5 barobarga oshgan – statistika

O‘zbekistonga davolanish uchun kelganlar soni 2,5 barobarga oshgan – statistika

O‘zbekistonga davolanish uchun kelganlar soni bir yilda 2,5 barobarga oshgan. Bu haqda Davstatqo‘m axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami 65,6 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu esa ushbu ko‘rsatkichning 2021-yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda (2021-yilda 26,5 ming nafar) 39,1 ming nafarga yoki 2,5 martaga oshganini bildiradi.

Hisobot davrida, jumladan:

  • Tojikiston - 34 084 kishi
  • Qozog‘iston - 23 907 kishi
  • Qirg‘iz Respublikasi - 6 405 kishi
  • Rossiya Federatsiyasi - 1 086 kishi
  • Boshqa davlatlardan - 137 kishi davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring