O‘zbekistonga bir necha bor tashrif buyurgan diplomat — MRBning yangi rahbari
AQSh Kongressi Senati 18-mart kuni Uilyam Byornsni Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) rahbarligiga tasdiqladi. Senat matbuot xizmati yozishicha, uning nomzodini senatorlar bir ovozdan yoqlashgan.
Byornsning nomzodi shaxsan prezident Bayden tomonidan ilgari surilgandi.
Ma’lumot uchun: Uilyam Byorns (64 yoshda) — AQSh Davlat departamenti tizimida 33 yil davomida faoliyat yuritgan professional diplomat. Xususan, AQShning Rossiya hamda Iordaniyadagi elchisi bo‘lib ishlagan. Bir necha yil davomida Davlat kotibining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Ham demokrat, ham respublikachi prezidentlar davrida yuqori rutbada faoliyat yuritgan sanoqli diplomatlar sirasiga kiradi. 2014 yilda 33 yillik diplomatlik karerasini yakunlab, Davlat departamenti tizimini tark etgan. Hozirga qadar Karnegi jamg‘armasi prezidenti sifatida ishlab kelayotgan edi.
Byorns AQSh Davlat departamentining yuqori rutbadagi mulozimi sifatida 2009, 2012 va 2014 yillarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan va prezident Islom Karimov bilan muzokaralar o‘tkazgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter