O‘zbekistondan Rossiyaga mehnat muhojirlari oqimi 35 foizga oshgan – FinExpertiza
2022-yil oxirida Rossiyaga ishlash uchun kelgan xorij fuqarolari soni jami 3,47 million kishiga yetdi. Bu bir yil avvalgiga nisbatan uchdan bir qismga yoki 871 ming kishiga ko‘p.
FinExpertiza ma’lumotiga ko‘ra, jami mehnat muhojirlarining 90 foizdan ortig‘i O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistondan kelgan.
Qayd etilishicha, O‘zbekistondan mehnat muhojirlari oqimi o‘tgan yili eng ko‘p – 35,1 foizga yoki 377,7 ming kishiga oshgan. Shuningdek, ishlash uchun kelganlar soni – Tojikistondan 51,8 foizga yoki 336,7 ming kishiga, Qirg‘izistondan 17,7 foizga yoki 84,6 ming kishiga va Qozog‘istondan 118,3 foizga yoki 62 ming nafarga oshgan.
Yil davomida Rossiyada migratsiya ro‘yxatidan o‘tgan va yoki qayta ro‘yxatdan o‘tganlar soni 11,8 millionni tashkil etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter