O‘zbekistondagi 4 ta aeroport faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
![O‘zbekistondagi 4 ta aeroport faoliyati vaqtincha to‘xtatildi](https://static.xabaruz.com/crop/8/9/720_460_95_897148665.jpg)
Bugun O‘zbekistondagi 4 ta aeroport noqulay ob-havo sharoiti sababli o‘z faoliyati vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, soat 10:00 dan boshlab to‘rtta aeroportda noqulay ob-havo sharoiti tufayli samolyotlarni qabul qilish/jo‘natish bo‘yicha cheklovlar joriy etilgan:
- «Andijon» aeroporti - tuman, ko‘rish masofasi 50 m
- «Namangan» aeroporti - tuman, ko‘rish masofasi 50 m
- «Farg‘ona» aeroporti - tuman, ko‘rish masofasi 400 m
- «Urganch» aeroporti - tuman, ko‘rish masofasi 600 m
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter