O‘zbekistonda 1 kv. km. yer maydoniga qancha odam to‘g‘ri kelishi aytildi
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda 1 kv. km. yer maydoniga o‘rtacha 80,2 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi.
Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,6 kishiga oshgan.
Hududlar bo‘yicha 1 kv. km. yer maydoniga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha doimiy aholi soni:
— Qoraqalpog‘iston R. – 11,9 kishi
— Andijon viloyati – 772,3 kishi
— Buxoro viloyati – 50 kishi
— Jizzax viloyati – 69,6 kishi
— Qashqadaryo viloyati – 121,9 kishi
— Navoiy viloyati – 9,5 kishi
— Namangan viloyati – 402,8 kishi
— Samarqand viloyati – 245,6 kishi
— Surxondaryo viloyati – 139,7 kishi
— Sirdaryo viloyati – 209,7 kishi
— Toshkent viloyati – 197,7 kishi
— Farg‘ona viloyati – 588,3 kishi
— Xorazm viloyati – 323,9 kishi
— Toshkent shahri – 6 592,8 kishi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter