Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yangi ko‘krak nishoni ta’sis etilmoqda

O‘zbekistonda yangi ko‘krak nishoni ta’sis etilmoqda

«Maktabgacha ta’lim fidoyisi» ko‘krak nishoni ta’sis etilishi mumkin. Vazirlar Mahkamasining bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, ko‘krak nishoni bilan maktabgacha ta’lim sohasida o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, yoshlarni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida fidokorona mehnat qilgan hamda soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan fuqarolar taqdirlanadi.

Xususan, ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining to‘rt baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti olishi ko‘zda tutilgan.

Qayd etilishicha, nomzodlarni tavsiya etishda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

  • ko‘krak nishoni bilan mukofotlashga taqdim etish varaqasi;
  • ma’lumotnoma (ob’yektivka);
  • tavsifnoma (annotatsiya);
  • pasport nusxasi;
  • fotosurat (9x12 hajmda, oq fonda) 2 dona.

Komissiya tomonidan nomzodlar hujjatlari o‘rganilib, har yili 10-sentyabrgacha eng munosib nomzodlar bo‘yicha yakuniy xulosa qabul qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring