Yangi ko‘krak nishoni ta’sis etilmoqda
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasiga ko‘ra, «Yosh vatanparvar» ko‘krak nishoni ta’sis etish rejalashtirilmoqda.
Belgilanishicha, ko‘krak nishoni idoraviy mukofot hisoblanib, har yili 30 iyun – «Yoshlar kuni»da g‘oliblarga tantanali ravishda topshiriladi.
Ko‘krak nishoni bilan Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etiladigan musobaqa g‘olibi bo‘lgan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinfida ta’lim olayotgan o‘quvchi o‘g‘il bolalar mukofotlanadi.
Qayd etilishicha, ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga ikki yil mobaynida amal qiladigan quyidagi imtiyozlar beriladi:
- harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli deb topilgan hamda chaqiruv muddatlarini kechiktirish va chaqiruvdan ozod etish huquqiga ega bo‘lmagan taqdirda, birinchi navbatda muddatli harbiy xizmatga chaqirish;
- O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida qo‘shimcha ravishda 3 ball ko‘rinishida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter