Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlar Mahkamasi huzurida yangi agentlik tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasi huzurida yangi agentlik tashkil etiladi

O‘zbekistonda yana bitta agentlik tuziladi. Bu haqda Prezident raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

«Chet tillarini o‘qitishga urg‘uni boshqacha qo‘yish kerak. Katta korxonalar qurilyapti, texnologiyalar o‘rnatilyapti. Xorijiy tilni mukammal bilish zarurati yuzaga kelyapti.

Barcha hududlar rahbarlari, ta’limga aloqador tashkilotlar o‘zbek tiliga bo‘lgan e’tiborimizni chetda qoldirmay, chet tillarini o‘rgatish bo‘yicha jiddiy shug‘ullanishi kerak.

Maktab, litsey, kollej va OTM bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishi shart», — dedi Prezident.

Prezident Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tashkil etilishini ma’lum qildi. Agentlik dunyoda samarali natija bergan o‘qitish metodikalari, dastur va darsliklarini bog‘cha, maktab, litsey, oliygoh va o‘quv markazlarida joriy etib, xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirishga ko‘maklashadi.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring