O‘zbekistonda yadroviy xavfsizlik masalasi ko‘rib chiqildi
«Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi Xalqaro atom energiyasi agentligi bilan hamkorlikda 26-29-mart kunlari Toshkent shahrida «Yadroviy va radiatsiyaviy ob’yektlarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlikni ta’minlash» mavzusida milliy seminar o‘tkazdi.
Seminarning maqsadi radioaktiv va yadroviy materiallar foydalaniladigan ob’yektlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan noxush xodisalar va avariyalarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni tashkil qilishda ko‘maklashishdir.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi, «Navoiy kon metallurgiya kombinati» davlat korxonasi, «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati va Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti xodimlari ishtirok etmoqdalar.
Shuningdek, ma’ruzachi sifatida Janubiy Koreya, AQSh va ukrainalik Xalqaro atom energiyasi agentligi xodimlari va ekspertlari qatnashmoqdalar.
Seminar jarayonida o‘tkazilgan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar davomida qatnashchilar ob’yektlarni ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilish, tahdidlarni baholashga qo‘yiladigan talablarni aniqlash, kerakli ma’lumotlarni to‘plash va ularni tahlil qilish, tahdidlar xarakteristikasi, ularni baholashni o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha bilim va tajribaga ega bo‘ldilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter