«NATO yadro inshootlari Rossiyaning harbiy nishoniga aylanadi» — Sergey Ryabkov
NATOning yadroviy ob’yektlari agar doimiy ravishda Polsha hududida joylashadigan bo‘lsa, Rossiya uchun harbiy nishonga aylanadi. Bu haqda TASS agentligiga Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov ma’lum qildi.
«Hozir Polshada yadro qurollarini joylashtirishni muhokama qilayotgan barcha siyosatchilar tushunishlari kerak: bu harakatlar Polsha xavfsizligini ta’minlamaydi, aksincha tegishli ob’yektlar aniq nishonimiz bo‘ladi», dedi Ryabkov.
Avvalroq Polsha prezidenti Anjey Duda o‘z intervyusida davlat rasmiylari AQSh bilan NATOning yadroviy almashish dasturi doirasida mamlakat hududida yadro qurolini joylashtirish imkoniyatini bir necha bor muhokama qilganini aytgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter