Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda turizm: amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar

O‘zbekistonda turizm: amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar

Xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan infratuzilmani hamda maqbul va qulay turizm muhitini yaratish, transport logistikasini rivojlantirish, ichki va tashqi yo‘nalishlarni kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirish, turizm bozorining turli segmentlariga yo‘naltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiya qilish alohida muhim va ustuvor vazifa hisoblanadi.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantiirshda ko‘pgina yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan, mehmon o‘rinlari soni 3,4 barobarga ko‘payib, 124 mingtaga yetdi (2017-yilda 37 mingta edi). 2017-yilda joylashtirish vositalari soni 767 tadan 2022-yilda 5 mingtaga yetkazildi.

Shu bilan bir qatorda 2018-yilda 106 ta (o‘rinlar soni 841 ta) oilaviy mehmon uylari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 3,2 mingta (o‘rinlar soni 28 mingta)ga yetkazildi. Qishloq joylarida 8 ming nafardan ortiq fuqaro bandligi ta’minlandi.

Sayyohlarga qo‘laylik yaratish maqsadida yo‘l bo‘ylari va aholi gavjum joylarda 7,6 mingta sanitariya-gigiyena shoxobchalari holati yaxshilandi (3,9 mingta yangidan qurildi, 3,7 mingta ta’mirlandi). Respublikadagi mavjud avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalarining 96 foizida sanitariya-gigiyena shoxobchalari tashkil qilindi. 800 ta madaniy meros ob’yektlarilarida turistlar uchun shart-sharoit yaratildi va turizm yo‘nalishlariga kiritildi. 2023-yilda 540 ta dam olish va ko‘ngilochar maskan barpo etildi, 70 ta turizm marshruti ochildi.

Shu yil respublika hududidagi turizm va madaniy meros ob’yektlariga olib boruvchi 361,5 km avtomobil yo‘llarini ta’mirlandi. Har yili buyudjetdan 300 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ turizm infratuzilmasini tashkil qilishga yo‘naltirlayapti.

Turizm sohasini rivojlanishida transport logistikasini yaxshilash, ichki va tashqi yo‘nalishlarni kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirish kabi ishlar alohida o‘rin tutadi.

Shu bois, mammlakatimizda ichki aviareyslar, tezyurar poyezdlar qatnovini ko‘paytirish yuzasidan bir qator tizimli ishlar amalga oshirildi.

Bugungi kunda sayyohlarga Samarqand, Buxoro va Qarshiga tez va qulay borib-kelish imkoniyatlari yaratildi.

Shuningdek:

  • 6 ta xususiy aviakompaniya ish boshladi, yangi 23 ta samolyot olib kelindi, 20 ta xalqaro va 6 ta ichki qatnov yo‘lga qo‘yildi;
  • Samarqand aeroportida haftalik xalqaro reyslar 46 tadan 85 taga ko‘paydi;
  • 1 ming 300 ta zamonaviy avtobus xarid qilinib, 38 ta marshrutlar ochildi.

Temir yo‘lda ham qatnov va sifatni keskin oshirish bo‘yicha katta islohotlar boshlandi.

Yaqinda qo‘shimcha 6 ta tezyurar poyezd, 36 ta zamonaviy “elektrichka” olib kelish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Buni hisobiga, yiliga yana 3 million yo‘lovchi tashish imkoniyati yaratiladi.

Natijada, turistlarning yurtimizda qolish muddati 4-5 kungacha uzaydi, ular sarflaydigan mablag‘ ham karrasiga ko‘paydi.

Turizm infratuzilmasini rivojlantirish mamlakatimiz turizm eksport saloxiyatini yanada oshirishga zamin yaratadi.

Sayehlar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, jumladan, zamonaviy talablarga tuliq javob beradigan mehmonxona va transport xizmatlarini rivojlantirish orqali mamlakatimizdagi noyob madaniy meros ob’yektlari bilan keng tanishish, ushbu ob’yektlarga qulay va tez yetib olish orqali horijlik sayxlar mamlakatimizda uzokrok muddatga qolish uchun imkoniyatlarini kengaytiradi.

Bu esa o‘z navbatida tirizm sohasini davlatimiz iqtosodiyotidagi ulushini yanada oshirishning muhim bir omillaridan hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring