Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda ta’lim uchun 6 oyda qancha sarflangani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda ta’lim uchun 6 oyda qancha sarflangani ma’lum qilindi

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 64,4 trln so‘m yoki umumiy xarajatlarning 50 foizi miqdorida (YaIM ga nisbatan 13,7 foiz) mablag‘ sarflandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisobotida qayd etib o‘tildi.

Ushbu xarajatlarning 58,1 trln so‘mi (90,1 foiz) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari, 5,9 trln so‘m (9,3 foiz) budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga transfertlar va 362,6 mlrd so‘m (0,6 foiz) aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturlarini moliyalashtirish uchun xarajatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ta’lim tizimi muassasalarini saqlash va ularni rivojlantirish xarajatlariga esa Davlat budjetidan 30,1 trln so‘m yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,2 trln so‘m ko‘p mablag‘ yo‘naltirildi.

Bunda sohada faoliyat olib borayotgan xodimlarning ish haqi uchun davlat budjetidan qariyb 18,7 trln so‘m sarflandi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23 foizga o‘sgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring