O‘zbekistonda sambochimizdan yana bir oltin!
Bugun, 1-sentabr kuni Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida XVIII Osiyo o‘yinlarining 14-kungi bahslari o‘tkazilmoqda.
Sambochimiz Kamoliddin Xolmamatov finalda tojikistonlik Umid Hasanbekovga qarshi kurash tushdi va g‘alaba qozondi! Bu biz uchun ushbu Osiyo o‘yinlaridagi 21-oltin medal bo‘ldi!
Shuningdek, samboda Nilufar Davletova ham finalda qozog‘istonlik raqibga qarshi jang qildi, ammo imkoniyatni boy berdi va kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter