Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda Ramazon oyi boshlanadigan sana ma’lum qilindi

O‘zbekistonda Ramazon oyi boshlanadigan sana ma’lum qilindi

«Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida» Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, muborak Ramazon oyining karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda, uy sharoitida, oila davrasida o‘tkazilishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.

Ayniqsa, yordamga muhtoj va ehtiyojmand shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oilalar va mahallalarda mehr-oqibat va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash bilan bog‘liq tashkiliy chora-tadbirlar yanada kuchaytiriladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston musulmonlari idorasining axborotiga ko‘ra 2020 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 24 aprel kuniga to‘g‘ri keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring