Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda qo‘l jangi bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi

O‘zbekistonda qo‘l jangi bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi

2021-yilning 4-8-iyun kunlari O‘zbekistonda ilk marotaba ko‘l jangi sport turi bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari Qo‘l jangi federatsiyasi va Milliy gvardiya hamkorligida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan mazkur chempionatda dunyoning 40 dan ortiq davlatlaridan 400 ga yaqin sportchilar ishtirok etadi va musobaqani boshqarish uchun 50 nafar xalqaro toifadagi hakamlar taklif etilgan. Shuningdek, 30 nafar xalqaro kuzatuvchilarning ishtirok etishi kutilmoqda.

Har ikki yilda o‘tkazilib kelinadigan ushbu Jahon chempionati 2019-yilda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilib, unda O‘zbekiston jamoasi faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Mamlakatimiz mezbonligida bo‘lib o‘tadigan Qo‘l jangi sport turi bo‘yicha navbatdagi Jahon chempionati musobaqalarida 34 nafar sportchi hamyurtlarimiz sha’nini himoya qiladilar. Ular orasida jahon chempionlari Jahongir Jumayev hamda Olim Nomurodovlar terma jamoamiz a’zolariga yetakchilik qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring