O‘zbekistonda qattiq karantin nega joriy etilmayotgani aytildi
AOKAda «COVID-19»ga qarshi vaksinalarning aholi salomatligiga ta’siriga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazilayotgani xabar qilingandi.
Unda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov mamlakatimiz hududida nima sababdan qattiq karantin choralari o‘rnatilmayotgani bo‘yicha izoh berdi.
«Aholi o‘rtasida mamlakatimizda qattiq karantin choralari o‘rnatilmayotgani yuzasidan ayrim e’tirozlar kelib chiqmoqda. Shu o‘rinda aytishim mumkinki, mamlakatimiz aholisining iqtisodiy holatini hisobga olib hamda pandemiya holatida ham ish jarayonini to‘xtatmaslik uchun ayrim cheklovlarga qo‘llagan holda qattiq karantin o‘rnatilmayapti. Albatta, bu e’tiborsiz bo‘lish kerak degani emas. Pandemik holat hali yumshaganicha yo‘q», — deydi Otabekov.
Shuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari 14 ta emalanishi lozim bo‘lgan aholi toifasining vaksinatsiyasiga ham to‘xtalib o‘tdi. Vaksinatsiyadan o‘tkazilishi shart bo‘lgan 14 ta aholi toifasi emlanmas ekan, o‘z ishlari bilan shug‘illanmasliklari kerak, deydi Nurmat Otabekov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter