O‘zbekistonda qancha qoramol borligi ma’lum bo‘ldi
2023-yil 1-oktyabr holatiga O‘zbekistonda barcha toifadagi xo‘jaliklarda boqilayotgan yirik shoxli qoramollar soni 13,9 mln boshga yetgan.
Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi.
Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 2 foizga ko‘paygan.
Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlillar yirik shoxli qoramollar umumiy sonining 91,3 foizi – dehqon va tomorqa xo‘jaliklari, 7 foizi – fermer xo‘jaliklari, 1,7 foizi – qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelganligini ko‘rsatmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter