Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoramollarning jami soni oshkor qilindi

Qoramollarning jami soni oshkor qilindi

Foto: Xabar.uz

Statistika agentligi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda barcha toifadagi xo‘jaliklarda yirik shoxli qoramollar soni 14,1 mln boshga yetgan.

Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 foizga oshgan.

Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda yirik shoxli qoramollar umumiy sonining 90,8 foizi – dehqon va tomorqa xo‘jaliklari, 7,3 foizi – fermer xo‘jaliklari, 1,9 foizi – qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023-yilda respublikamizda 2,8 mln tonna go‘sht (tirik vaznda) yetishtirilgan. Samarqand eng ko‘p go‘sht yetishtiruvchi viloyatga aylandi.  

Ikkinchi o‘rinda Qashqadaryo, uchinchi o‘rinni Toshkent viloyati egalladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring