Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda qancha dorixona borligi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda qancha dorixona borligi ma’lum qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Mamlakatimizda dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiyasi bo‘yicha 15 ming 799 ta dorixona faoliyat yuritmoqda. Bugungi kunda respublika bo‘yicha o‘rtacha 2 ming 400 nafar aholiga bitta dorixona to‘g‘ri keladi.

  • Toshkent shahrida 2 ming 338 ta;
  • Samarqand viloyatida 1 ming 690 ta;
  • Toshkent viloyatida 1 ming 415 ta;
  • Farg‘ona viloyatida 1 ming 690 ta;
  • Andijon viloyatida 1 ming 457 ta;
  • Namangan viloyatida 1 ming 137 ta;
  • Qashqadaryo viloyatida 1 ming 78 ta;
  • Buxoro viloyatida 1 ming 7;
  • Xorazm viloyatida 933 ta;
  • Surxondaryo viloyatida 794 ta;
  • Navoiy viloyatida 622 ta;
  • Jizzax viloyatida 532 ta;
  • Sirdaryo viloyatida 446 ta dorixona mavjud.

Respublikamizda 2018 yilda 10 ming 764 ta dorixona faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, ularning soni 2019 yilda 11 ming 858 ta, 2020 yilda 13 ming 57 ta, 2021 yilda 14 ming 287 ta, 2022 yilda esa 15 ming 799 taga yetgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring