Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda o‘rtacha oylikning yuqori miqdori qayerda qanday ekani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda o‘rtacha oylikning yuqori miqdori qayerda qanday ekani ma’lum bo‘ldi

Xabar.uz

Foto:«Xabar.uz»

2018-yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqining yuqori miqdori Toshkent shahrida qayd etildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Toshkent shahrida o‘rtacha oylik ish haqi miqdori 2 252,1 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lib, respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 140 %ga ko‘pdir.

Navoiy viloyatida bu miqdor 2 153 ming so‘mni (133,8 %) va Toshkent viloyatida 1 768,5 ming so‘mni (109,9 %) tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich Namangan viloyatida 1 263,3 ming so‘mni (78,5 %), Samarqand viloyatida 1 273,6 ming so‘mni (79,2 %) tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan kam miqdorga ega bo‘lgan.

Statistika qo‘mitasining tahliliga ko‘ra, 2018 yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 609,1 ming so‘mni tashkil etgan. Bunda ish haqiga ustama, mukofot, rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to‘lovlar kiritilgan, shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig‘i, ijtimoiy sug‘urta va kasaba uyushmasiga to‘lovlar ham mavjud.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring