Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda og‘ir jinoyat sodir etgan shaxs 13 yil o‘tib Moskvada qo‘lga tushdi

O‘zbekistonda og‘ir jinoyat sodir etgan shaxs 13 yil o‘tib Moskvada qo‘lga tushdi

Moskvada O‘zbekistonda birga yashagan ayolni o‘ldirib, mulkini talon-toroj qilgan shaxs soxta pasport bilan qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda «MVD Media».

O‘zbekiston fuqarosi 2010 yilda jinoyat sodir etgan, shundan so‘ng u Rossiyaga qochib ketgan va davlatlararo qidiruvga berilgan. Mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, erkak o‘zi bilan birga yashagan ayolni o‘ldirib, uning telefoni, minglab dollar va millionlab so‘mni o‘g‘irlab qochib ketgan.

Jinoyatchi Moskvada ko‘chada hujjatlarini tekshirish vaqtida politsiya tomonidan qo‘lga olindi. U soxta pasportni ko‘rsatgan, ma’lum bo‘lishicha, unda fotosurat qayta yopishtirilgan bo‘lgan. Gumonlanuvchi hibsga olingan va endi O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring