Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda mahkumlarga qanday qo‘shimcha huquqlar berildi?

O‘zbekistonda mahkumlarga qanday qo‘shimcha huquqlar berildi?

Foto: «Google.com»

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatdan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 2495-5, 01.07.2019 y.) Bu haqda Adliya vazirligining matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Kiritilgan qo‘shimchalar bilan mahkumlarga quyidagi huquqlar berildi:
— ob-havo sharoiti yo‘l qo‘ysa, ishdan bo‘sh vaqtida toza havoda mashqlar bilan shug‘ullanish;
— psixologik yordam olish;
— xavfsiz mehnat sharoitiga ega bo‘lish, dam olish, ta’tilga chiqish, mehnatiga haq olish.

Endilikda mahkum og‘ir kasallikka chalingan taqdirda, telefon orqali qo‘shimcha so‘zlashishga, shuningdek shifokorning ko‘rsatmasi bilan qo‘shimcha uchrashuvga ruxsat beriladi.

Mahkumlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish davriyligi aniqlashtirildi hamda mahkumlarning har 6 oyda kamida bir marta, shuningdek ularning murojaatiga ko‘ra tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish kerakligi belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring