Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 150 mingga yaqinlashdi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 150 mingga yaqinlashdi

10-aprel kuni Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan jami 40359 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi. 

Shu tariqa ayni kungacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 148 642 nafarga yetdi.

10-aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha Farg‘ona viloyatida rekord qayd etilib, bir kunning o‘zida 10 ming nafardan ortiq fuqaro (10868 nafar) emlandi.

E’tiborli jihati shuki, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida koronavirusga qarshi emlangan jami aholi 15 ming nafardan oshib, 20 ming nafarga yaqinlashdi.

SSV matbuot xizmati

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring