Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 33taga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 33taga yetdi

Foto:«Xabar.uz»

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan yaqinlaridan 9 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Shuningdek, xorijdan kelgan yana bir nafar fuqaroda ham ushbu infeksiya borligi tasdiqlangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Natijada O‘zbekistonda koronavirus infeksiya aniqlangan bemorlar soni 33 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring