Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda koronavirus ko‘proq qaysi kasalliklarda o‘limga sabab bo‘lmoqda?

O‘zbekistonda koronavirus ko‘proq qaysi kasalliklarda o‘limga sabab bo‘lmoqda?

Foto: «Gtrk-kostroma.ru»

Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda koronavirus qayd etilgan bemorlarda o‘lim ko‘rsatkichlarining aksariyatiga surunkali va hamroh kasalliklarning mavjudligi ham sabab bo‘lmoqda.

Jumladan, 6-sentyabr holatiga ko‘ra, COVID-19 infeksiyasidan vafot etgan 345 nafar bemorning 132 nafarini ayollar, 213 nafarini erkaklar tashkil etgan. O‘limning yosh toifasiga ko‘ra, 6 nafar bemor 30 yoshgacha, 26 nafar 30-40 yosh oralig‘ida, 45 nafar 40-50 yosh oralig‘ida, 99 nafar 50-60 yosh oralig‘ida, 106 nafar 60-70 yosh, 63 nafar 70 yoshdan katta bemorlar tashkil etgan.

Koronavirusdan vafot etganlarning aksariyati 40-70 yosh oralig‘idagi fuqarolardir.

O‘lim sababiga ko‘ra, vafot etganlarning 264 (81,4 foiz) nafarida o‘tkir yurak-qon tomir, nafas yetishmovchiligi, 10 nafarida (17,0 foiz) o‘tkir respirator distress sindrom, 8 nafarida (2,4 foiz) tromboemboliya, 4 nafarida (1,2 foiz) o‘tkir miokard infarkti va boshqalar qayd etilgan.

SSV xabariga ko‘ra, COVID-19 infeksiyasidan vafot etgan bemorlarda kasallikning kechishi tahlil qilinganda, aksariyat bemorlarda giperkoagulyasiya – organizmdagi barcha tomirlarda qonning quyulib ketishi kuzatilib, uning asorati bemor a’zolarida tromboz, infarkt, insult kabi asoratlarga olib kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring