O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi yuqtirilgan yangi holat aniqlanmadi
Bugun, 20-mart ertalab 9:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan yangi holatlar aniqlanmadi. Bu haqda Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasi boshlig‘i, Davlat Bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi.
Shunday qilib, koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni o‘zgarishsiz (23 nafar) qoldi.
Eslatib o‘tamiz, dastlab 15-mart kuni Fransiyada bo‘lib qaytgan bir nafar O‘zbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangandi. So‘ng, 16 mart kuni yana 5 kishida infeksiya qayd etildi. 17 martda dastlab ikki kishida, so‘ng yana bir fuqaroda, 18 mart kuni avval ikki kishida, so‘ng yana ikki shaxsda, 19 martda esa dastlab ikki kishida, shu kuni yana besh nafar fuqaroda koronavirus aniqlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter