O‘zbekistonda ishsiz aholi soni qanchaligi aytildi
Davstatqo‘m 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida respublikaning mehnat ko‘rsatkichlarini statistik raqamlarda e’lon qildi.
Unga ko‘ra:
- Mehnat resurslari soni – 19,5 mln. kishi
- Mehnat bilan band bo‘lgan aholi soni – 13,8 mln. kishi
- Bandlik darajasi – 68,0 foiz
- Ishsizlar soni – 1,3 mln. kishi
- Ishsizlik darajasi – 8,6 foiz
- Iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi soni – 4,3 mln. kishi
Ma’lumot uchun, 2022-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda mehnat resurslari soni jami 19 453,3 ming kishini tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan taqqoslanganda 0,8 foizga oshgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter