O‘zbekistonda is gazidan vafot etganlar soni ma’lum qilindi

2021-yil 15-dekabrga qadar O‘zbekistonda is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi tufayli vafot etgan va jabrlanganlar soni e’lon qilindi.
AOKAda o‘tkazilgan brifingda FVV axborot xizmati rahbari Murod Sodiqovning qayd etishicha, joriy yilda (15 dekabrga qadar) is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq 213 ta holat qayd etilgan. Ularning 66 tasi favqulodda vaziyat sifatida ro‘yxatga olinib, hodisalar oqibatda 125 kishi vafot etgan va 115 kishi jabrlangan.
Is gazidan zaharlanish asosan ushbu sabablarga ko‘ra yuzaga kelmoqda:
- gaz va muqobil yoqilg‘i (ko‘mir, o‘tin va boshqa) turlaridan foydalanishda xavfsizlik choralariga rioya etmaslik;
- nostandart (qo‘lbola yasalgan) isitish pechlari va anjomlaridan foydalanish;
- isitish pechlari dudburonlarini noto‘g‘ri o‘rnatish;
- havo almashmaydigan xonalarda ochiq olovdan foydalanish;
- shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni berkitib (to‘sib) qo‘yish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter