Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi tashkil etilmoqda

O‘zbekistonda Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi tashkil etilmoqda

INHA universiteti qoshida Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi tashkil etilmoqda.

Foto: «Xabar.uz»

Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda yangi — 2018-yil yurtimizda Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili deb e’lon qilingan edi.

Prezidentimiz tomonidan qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Toshkent shahridagi INHA universiteti qoshida Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi tashkil etilmoqda. Markazga Aziz Muhitdinov rahbar etib tayinlandi. U bungacha «UZINFOCOM» markazi direktori vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Aziz Muhitdinov.
Foto: «Xabar.uz»

Eslatib o‘tamiz, Aziz Muhitdinov 1985-yil Toshkent shahrida tavallud topgan. 2009-yilda M.A. Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universitetini «Himoyalangan aloqa tizimlari» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Shu paytgacha O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘limi axborot xavfsizligi tizimini loyihalashtirish sektori 1-toifali mutaxassisi, «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi «Toshkent shahar telefon tarmog‘i» filiali axborot hisoblash markazi yangi texnologiyalar va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘limi bosh mutaxassisi, «Biznes va personalni rivojlantirish markazi» filiali xizmatlar sotishni rivojlantirish va yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘limi boshlig‘i, «UzNet» filiali biznes loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i, «Biznesni rivojlantirish markazi» filiali biznes loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi axborot resurslarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi iqtisodiyot sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarni va dasturiy mahsulotlarni joriy qilish bo‘limi boshlig‘i kabi vazifalarda faoliyat yuritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring