Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda Innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda Innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘tkaziladi

Foto: «NewsProm.Ru»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 7-may kuni «Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Unga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvarga qadar muddatda:

— belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan olib kiriladigan ilmiy asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, sarflash materiallari, reaktivlar, dasturiy ta’minot bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno);

— ilmiy-tadqiqot tashkilotlari ularning asosiy faoliyati bo‘yicha barcha turdagi soliqlar va majburiy ajratmalardan ozod qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga ajratmalar bundan mustasno, bo‘shayotgan mablag‘lar ularning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun maqsadli yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi xodimlarining mehnatiga Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari va budjetdan tashqari boshqa manbalar hisobidan haq to‘lash shartlari vazirlik hay’ati tomonidan belgilanadi.

Shuningdek, Innovatsion rivojlanish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda innovatsion g‘oyalar mualliflarini, mazkur g‘oyalarni amalga oshiruvchi tashkilotchilar va homiylarni moddiy rag‘batlantirishni ta’minlagan holda, respublikada innovatsiyalarni rivojlantirishga ko‘maklashgan alohida tadbirkorlik sub’yektlarini taqdirlash marosimini o‘tkazishni nazarda tutib, respublikada har yili Innovatsion g‘oyalar haftaligi — «InnoWeek.Uz» o‘tkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring