Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda ilk bor xalqaro armiya o‘yinlari o‘kaziladi

O‘zbekistonda ilk bor xalqaro armiya o‘yinlari o‘kaziladi

Foto:Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

«Xalqaro armiya o‘yinlari — 2019» tanlovining «Harbiy-tibbiy estafeta» yo‘nalishi O‘zbekiston Respublikasi hududida birinchi marta o‘tkaziladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. 

O‘tgan yilgi «ArMI—2018» o‘yinlari Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Eron, Qozog‘iston, Xitoy va Rossiya kabi davlatlarda 28 yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilgan bo‘lib, unda dunyoning 32 mamlakatidan kelgan harbiylar ishtirok etgan edi. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari esa 12 yo‘nalishda qatnashib, umumjamoa hisobida 6-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

O‘tgan yilgi o‘yinlarda «Harbiy-tibbiy estafeta» bellashuvida ishtirok etgan o‘zbekistonlik harbiy xizmatchi, Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy poliklinika terapevt-shifokori, tibbiy xizmat kapitani Larisa Xolmamatova harbiy shifokorlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan «Maxsus ko‘nikmalar» yakkalik bahsida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

O‘zbekiston hududida birinchi marotaba o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Xalqaro armiya o‘yinlari Jizzax viloyatidagi «Forish» tog‘-dala o‘quv maydonida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring