O‘zbekistonda ilk bor «Chimgan Challenge» qishki sport o‘yinlari o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorat maktabi hamkorligida Bo‘stonliq tumanining Chimyon tog‘-chang‘i zonasida ilk bor «Chimgan Challenge» qishki sport o‘yinlari bo‘yicha yoshlar festivaliga start berdi. Bu haqda Yoshlar media markazi xabar berdi.
Musobaqalarda Toshkent viloyatining har bir tuman hamda shaharlaridan 3 yosh toifasida 500 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etmoqda.
Ta’kidlash kerakki, yoshlar orasida sportning qishki turlarini ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan mazkur festivalda 18 dan 30 yoshgacha bo‘lgan havaskor sportchi yoshlar tog‘-chang‘isi, snowboarding hamda voleybol sport turlari bo‘yicha bellashdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter