O‘zbekistonda ilk bor allergiyaga qarshi emlash amaliyoti joriy qilinishi mumkin
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Yevropaning yetakchi farmatsevtika kompaniyalaridan biri bo‘lgan «Inmunotek» kompaniyasi bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabar bergan edik.
Muzokaralar davomida O‘zbekistonda ilk bor allergiyaga qarshi emlash amaliyotini joriy qilish masalalari ham muhokama qilingan.
Emlash surunkali va o‘tkir allergiyada oddiy dori vositalari yordam bermaganida amalga oshiriladi. Bunda allergiya chaqiradigan modda ekstrakti in’yeksiya orqali teri ostiga yuboriladi. Birinchi marta yuborilgan moddaning miqdori allergik reaksiya chaqirmasligi uchun juda kam miqdorda bo‘ladi, keyinchalik uning miqdori asta-sekinlik bilan oshirib boriladi. Odatda, optimal doza har 6-8 hafta oralig‘ida 3-5 yil davomida yuboriladi.
Vaksinatsiya allergiya alomatlarini susaytirib, allergiyaga moyil odamlarning hayot sifatini yaxshilashga, dorilardan kam foydalanishga qodir samarali davolash shakli ekanligi rivojlangan mamlakatlarda isbotlangan. Bu allergiyaga moyil insonlarni keyinchalik astma kasaliga duchor bo‘lmasliklarining oldini oluvchi ishonchli vosita hisoblanadi.
Vaksinalarni import o‘rnini bosadigan yuqori sifatli dori vositalari ishlab chiqaruvchi «Laxisam Pharmaceuticals» korxonasi bilan hamkorlikda yaratish kelishildi. Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan sifatli dori-darmonlarni xaridorgir narxlarda iste’molchilarga yetkazib berishni yo‘lga qo‘ygan mazkur korxona GLP/GMP standartiga mos vaksinalarni ishlab chiqarishga shay.66
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter