O‘zbekistonda havo harorati -5 darajagacha tushib ketishi aytildi

26-29-noyabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qilindi.
Unda aytilishicha, joylarga nam havo oqimi yog‘ingarchilik keltiradi.
28-noyabr shimoliy hududlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy hamda Buxoro viloyatlarida, 29-noyabr kuni respublikaning qolgan viloyatlarida yog‘ingarchilik kutiladi.
Yog‘inlar tog‘lardan tashqari deyarli barcha hududlarda yomg‘ir ko‘rinishida yog‘ish ehtimoli yuqori.
29-noyabr kuni esa shimoliy hududlar, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga sovuq antitsiklon chek qismi ancha yaqinlashadi.
29-noyabr tungi muddatlarda shimolda harorat -5 daraja sovuqgacha pasayishi prognoz qilinmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter